• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart, dushanba kuni, xalq ta’limi tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, so‘nggi uch yilda mamlakatda 160 dan ortiq umumta’lim maktabi qurildi. Undan tashqari, Prezident maktablari, buyuk allomalar nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta’lim maskanlari tashkil etildi.

    Shuningdek, oxirgi uch yilda o‘qituvchilarning ish haqi o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq hududlarga borib ishlaydigan pedagoglar mehnatini qo‘shimcha rag‘batlantirish joriy etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2019-yil 26-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2021-yilgacha maktablarning kamida uch foizi, 2025-yilgacha 20 foizi, 2030-yilga qadar esa 50 foizini “Zamonaviy maktab”larga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi.

    Bularning barchasi o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan keng qamrovli islohotlarning ilk bosqichi edi, deyiladi xabarda.

    Prezident shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini ta’kidladi. Maktablar moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda yangi turdagi maktablarni barpo etish, avvalgilarini bosqichma-bosqich zamon talablariga moslashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Hozirgi kunda 9942 ta maktabning 2835 tasi ta’mirtalab. 5861 tasida o‘quvchilar soni sig‘imiga nisbatan ko‘pligi sababli darslar ikki smenada o‘tilmoqda. 2020-yilda 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasining kapital ta’mirlanishi belgilangan.

    Qurilish vazirligiga maktablarni zamonaviy arxitektura yechimlari asosida, energiya tejovchi va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda barpo etish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, maktablardagi 683 ta fizika, 897 ta kimyo, 901 ta biologiya xonasida o‘quv laboratoriyalari yo‘q. 7807 ta fizika, 7776 ta kimyo va 7770 ta biologiya xonasining jihozlari eskirgan. 62 mingta sinf xonasi zamonaviy va yangi o‘quv jihozlari bilan ta’minlanmagan, 7 mingta kompyuter yetishmaydi.

    Shuning uchun, maktablardagi laboratoriyalarni zamonaviy jihozlash va ulardagi darslar ko‘lamini oshirish talab etiladi.

    Xalq ta’limi vazirligi hamda Moliya vazirligiga amaldagi jihozlash holatini tanqidiy o‘rganib, maktablarni zamonaviy laboratoriya, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa zarur vositalar bilan jihozlash bo‘yicha topshiriq berildi.

    Aniq fanlarni o‘qitishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda interaktiv mashg‘ulotlarga e’tiborni kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, O‘zbekistonda matematika, kimyo, fizika va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi.

    Shu bois Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashg‘ulotlar ko‘lamini oshirish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda pedagog kadrlarning bilim va malakasini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

    O‘tgan yili attestatsiyada ishtirok etgan qariyb 57 ming nafar o‘qituvchidan 43 foizi past baho olgani, respublika bo‘yicha muallimlarning attestatsiya natijalaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichi 100 ballik baholash tizimida 64 ballni tashkil qilgani aytib o‘tildi.

    Pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, metodik ta’minotni yangicha tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Bolalarni yoshligidan ma’nan va jismonan yetuk shaxs etib tarbiyalash maqsadida maktablarni badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda musiqa, tasviriy san’at va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga yangi mazmun berish muhimligi ta’kidlandi.

    02.03.2020, 21:56   Izoh (0)   29483
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston banklari savdo nuqtalaridagi terminallar orqali qilingan to‘lovlardan 0,2 foiz komissiya olishni boshladi

    02.03.2020, 21:25

    Mirishkor tumani hokimining haqoratli so‘zlar ishlatilgan audioyozuvi tarqaldi. Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

    02.03.2020, 20:56

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

    02.03.2020, 20:12

    Shavkat Mirziyoyev 1-apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Propiskasizlar uchun alohida boj bekor qilinadi

    02.03.2020, 19:52

    Chiroqchi IIBdagi fuqaroning urib o‘ldirilishi ishida yana 13 nafar xodimning qo‘li borligi ma’lum qilindi

    02.03.2020, 19:25

    Samarqandda ko‘chada yalang‘och yurgan erkaklar jazolandi

    02.03.2020, 19:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.