Buxoro shahrida 29-fevral kuni viloyat faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qatnashdi.

Karim Kamolov.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Yig‘ilishda Abdulla Aripov O‘ktam Barnoyevni Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident farmonini o‘qib eshittirgan.

Abdulla Aripov.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Zaynilobiddin Nizomiddinov esa Prezident farmoniga muvofiq hozirga qadar Buxoro shahriga hokimlik qilib kelgan Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligini ma’lum qilgan.

Zaynilobiddin Nizomiddinov.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi