Buxoro shahrida 29-fevral kuni viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va bosh vazir Abdulla Aripov qatnashdi.

Yig‘ilishda Buxoro shahri hokimi Karim Kamolov Prezident farmoniga muvofiq Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Viloyatning avvalgi hokimi O‘ktam Barnoyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan.

Tadbirda so‘zga chiqqan bosh vazir Abdulla Aripov keyingi yillarda Buxoroni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi ishlarda O‘ktam Barnoyevning tashabbuskorligi, talabchanligi alohida o‘rin tutganligi ta’kidlagan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

“O‘ktam Barnoyevning Buxoro va buxoroliklar uchun qilgan xizmatlari e’tirof etildi hamda hurmat-ehtirom ko‘rsatildi”, — deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.