Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Elbek Shukurov 26-fevral, chorshanba kuni Litva sport universitetining rektori, professor Diana Reklaytene boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama sport bo‘yicha aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va sportni yanada ommalashtirish yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, sportni targ‘ib qilishda sportga ilmiy metodik yondashuv hamda bu borada mutaxassislarni ko‘paytirish masalasi va ularning mahorat darajalarini yaxshilash borasida ikki tomonlama hamkorlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Sportni ommalashtirishda Yevropa tajribasidan foydalanish, ularning bu borada amalga oshirgan ishlarini yaqindan o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish borasida tomonlarning fikrlari tinglandi. Bu borada Diana Reklaytene oxirgi 20 yil ichida sportni ommalashtirish va sport sohasida arzirli yutuqlarga erishib kelayotgan Islandiya va Finlyandiya tajribasidan foydalanishni taklif sifatida kiritdi.
Uchrashuv yakunida Elbek Shukurov O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Litva sport universiteti o‘rtasida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda O‘zbekistonda qo‘shma fakultetlar ochish taklifini bildirdi.
Izoh (0)