Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Telegram’ning 13-favral kuni taqdim etilgan yangilangan versiyasi orqali profildagi tasvirlar almashinuvi, mediani tezda ko‘rish va “Yaqindagi odamlar” servisi yaxshilandi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.

Foto: WayToStart

Foto: WayToStart

Ta’kidlanishicha, yozishmalardagi umumiy media va suhbatdoshning profilidagi suratni ko‘rish imkoniyati o‘zgardi (video avtomatik yoqilmagan bo‘lsa, uning ustiga bosish kerak).

Skrinshot: Spot

Skrinshot: Spot

Bundan tashqari, telefon ekraniga teginish orqali chat va profillardagi multimediani “varaqlash” mumkin — endilikda ekranda “varaqlash” natijasida dog‘ qolmaydi. Ushbu yangi funksiyalarni “Yaqindagi odamlar” bo‘limining yangilangan versiyasida sinab ko‘rgan qulay.

O‘tgan yilning iyunida dasturchilar yaqin atrofdagi odamlar bilan kontakt ma’lumotlarini almashish uchun messenjerga “Yaqindagi odamlar” funksiyasini qo‘shgan edi. Telegram’ning ta’kidlashicha, yangilanish foydalanuvchiga yangi do‘stlarni yoki juftini topishga yordam beradi.

Skrinshot: Spot

Skrinshot: Spot

Foydalanuvchi hududidagi odamlarni ko‘rish uchun “Kontaktlar” bo‘limidagi “Yaqin atrofdagi odamlarni qidirish” tugmasini bosish kerak. “Meni ko‘rsatish” funksiyasini o‘chirib qo‘yish ham mumkin.

Shuningdek, messenjer 14-fevral kuni munosabati bilan munosabatlarga aloqador bir nechta emojilarni ham taqdim etdi.

Skrinshot: Spot

Skrinshot: Spot

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi