Soccerex  kompaniyasi moliyaviy tomondan barqaror futbol klublari yuzlik ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Foto: Yandex Photos

Indekslarni hisoblashda beshta ko‘rsatkich inobatga olindi: futbolchilarning transfer narxi, aktivlar, pul mablag‘lari, investorlarning potensial sarmoyasi va qarzdorlik.

Soccerex hisob-kitoblarda UEFA, Financial Times, Bloomberg, Yahoo Finance, Forbes, Transfermarkt va Hoovers ma’lumotlaridan foydalangan.

Ro‘yxatni 5,318 indeks bilan PSJ boshqarib turibdi. Ikkinchi o‘rindan “Manchester Siti” o‘rin olgan (5,197) bo‘lsa, “Bavariya” (3,888) kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Top-20 reyting bilan tanishing:

  1. PSJ — 5,318;
  2. “Manchester Siti”— 5,197;
  3. “Bavariya”— 3,888;
  4. “Tottenhem”— 3,441;
  5. “Real”— 3,336;
  6. “Arsenal”— 3,15;
  7. “Chelsi”— 2,893;
  8. “Liverpul”— 2,616;
  9. “Yuventus”— 2,195;
  10. “Borussiya” Dortmund— 2,154;
  11. “Atletiko”— 2,049;
  12. “Barselona”— 2, 036;
  13. “Leypsig”— 1,949;
  14. “Hoffenhaym”— 1,922;
  15. “Guanchjou Evergrand”— 1,853
  16. “Manchester Yunayted”— 1,743;
  17. “Napoli”— 1,67;
  18. “Los-Anjeles”— 1,657;
  19. “Bayer”— 1,551;
  20. “Monako”— 1,443.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!