AQSh senati mamlakat prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi harbiy harakatlar olib borishi bo‘yicha vakolatlarini cheklovchi rezolyutsiyani ma’qulladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AP

Rezolyutsiyani nafaqat demokratlar, balki respublikachilarning bir qismi ham ma’qulladi. Hujjatga muvofiq, AQSh prezidenti Eronga qarshi operatsiyani to ma’muriyat bunga kongress ruxsatini olmaguncha yoki “Qo‘shma Shtatlarga hujum uyushtirilmaguncha” amalga oshirolmaydi.

Tramp rezolyutsiyaga veto qo‘yishni va’da qildi. U bundan oldinroq senatorlarni hujjatni yoqlamaslikka chaqirgan va “Eron bilan hozir hammasi yaxshi ketayotgani, zaiflikni ko‘rsatish vaqti emasligi”ni ta’kidlagandi.