Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan “Denov Sharob Savdo” MChJning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Tekshiruvda aniqlanishicha, MChJning 1 va 5-sonli do‘konlari mudirlari M.O., D.N. va boshqalar jami 2 milliard so‘mlik tovar moddiy boyliklari hamda alkogolli ichimliklarni talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.O., D.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)