Rossiyada qishning anomal iliq kelgani chivinlar yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining suv muammolari instituti rahbari Viktor Danilov-Danilyan “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Foto: Iksuperboy

Olimning aytishicha, havoning iliqlashishi natijasida hasharotlar uyg‘onadi, ammo oziq yo‘qligi sababli halok bo‘ladi. Shu bilan birga, tabiatda oziq-ovqat zanjiri buziladi, chunki chivinlar lichinkalari baliqlar ratsionidan o‘rin olgan. Oqibatda bu baliqlar ko‘payishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, global isish oqibatida daryolarning muzlashi kechikadi, erishi esa tezlashadi va bunday barqarorllikning buzilishi barcha organizmlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.