Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi chorak finalida “Real” 6-fevral, payshanba kuni “Real Sosyedad”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning 22-daqiqasida asli “Real”ga tegishli Martin Edegor madridliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Aleksander Isak ikki daqiqa ichida dubl qayd etgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

59-daqiqada Marselo “Real”ning dastlabki golini urdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib Mikel Merino mehmonlarning to‘rtinchi golini kiritdi. Madridlilar o‘yin yakuniga qadar Rodrigo Goes (81) va Nacho (90+3) harakatkari evaziga yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi, biroq bu uchrashuvni qutqarib qolish uchun yetmadi.

Shu tariqa “Real” Kubok doirasidagi yurishini to‘xtatdi.

Ispaniya Kubogi

Chorak final bahsi

6-fevral, payshanba

“Real” — “Real Sosyedad” 3:4

Gollar: 0:1 — 22 Edegor, 0:2 — 54 Isak, 0:3 — 56 Isak, 1:3 — 59 Marselo, 1:4 — 69 Merino, 2:4 — 81 Rodrigo, 3:4 — 90+3 Nacho.

“Real Madrid”: Areolya, Nacho, Militao, Ramos, Marselo, Valverde (Yovich, 76), Kroos, Vinisius Junior, Xames (Modrich, 46), Braim Dias (Rodrigo, 76), Benzema.

“Real Sosyedad”: Remiro, Gorosabel, Monreal, Elustondo, Le Norman, Edegor (Gevara, 64), Subeldiya, Yanuzay (Barrenechea, 46), Merino, Oyarsabal, Isak (Munyos, 70).

Ogohlantirishlar: Edegor (11), Le Norman (19), Subeldiya (66), Militao (77), Gorosabel (86), Vinisius Junior (90).

Chetlatish: Gorosabel (90+5).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi