Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 3-fevral holati bo‘yicha 20 438 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan, deb xabar berdi “RBK”.

Foto: “RBK”

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 425 kishiga yetdi. Komissiya 2788 ta holatda bemorlarning ahvoli og‘irligini ma’lum qilgan.

Avvalroq epidemiya epimarkazi Xubey provinsiyasi ma’muriyati statistikani taqdim etgandi. Ushbu hududda bir sutkada 64 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Vafot etganlarning aksariyati Uxan shahri aholisidir. Bu yerda bir sutkada 48 kishi vafot etgan. Qurbonlarning 313 nafari Uxan shahrida yashagan.

Avvalroq Xitoyda koronavirusdan 361 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

3-fevral kuni Xitoydan Tyumenga kelgan hamda koronavirus aniqlangan xitoylik talaba qiz bilan bir samolyotda uchgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi Xanti-Mantiysk avtonom okrugidagi Nijnevartovsk kasalxonasiga yotqizildi. TIV o‘zbekistonlikning koronavirus gumoni bilan kasalxonaga joylashtirilganini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Xitoydan 2-fevral kuni 157 nafar o‘zbekistonlik talaba qaytib keldi. O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinmoqda. Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonni koronavirusni aniqlovchi uskunalar bilan ta’minladi.