Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi yil ta’tilidan so‘ng boshlangan birinchi birja savdolari koronavirus tarqalgani sharoitida 8 foizlik qulash bilan ochildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: AP

Foto: AP

Oradagi tanaffus 23-yanvardan boshlandi va bu vaqt davomida koronavirus bilan kasallanganlar soni 30 baravar, vafot etganlar soni esa 20 baravarga oshdi.

Qayd etilishicha, Shanxayning asosiy fond birjasi Shanghai Composite 8,7 foizga — 2 736,28 punktgacha tushib ketdi, Shinjonning Shenzhen Component fond birjasi esa 8,54 foizga — 9 769,91 punktga tushdi.

Bunda Gonkong asosiy fond birjasi Hang Seng 0,44 foizga — 26 428,05 punktgacha o‘sdi.

Xitoyning Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasida yuqumli kasallikning tarqalishi milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani tan olingan. Shu bilan birga, qo‘mita uning ta’siri qisqa muddatli bo‘lishiga va Pekin uning oqibatlarini minimallashtirishiga ishonch bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi