• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Futbol sabab turmush o‘rtog‘ini uchratgan yulduz 43 yoshga to‘ldi. Shakira haqida fotomaqola

    Bugun dunyoga mashhur qo‘shiqchi Shakira 43 yoshga to‘ldi. Shakira Izabel Mebarak Ripol 1977-yilda, Kolumbiyaning Barrankilya shahrida tavallud topgan. Qo‘shiqchi otasining birinchi turmushidan 8 nafar farzandi bo‘lgan va uning kelib chiqishi Livandan Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan migrantlardan hisoblanadi. Onasida esa ispan, italyan qoni bor.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bo‘lajak yulduz, bolaligidayoq harflarni tanib, ona tilida o‘qiy va yoza olgan. 4 yoshligida she’r yozgan, shuningdek raqs bilan shug‘ullangan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yaqinlari tomonidan kelajakda yozuvchi, rassom yoki raqqosa bo‘lsa kerak deb taxmin qilingan qo‘ng‘iroqsoch qizaloq, qo‘shiqchi bo‘lishni tanlagan. Lekin bolaligidagi qiziqishlari uning san’atida aks etmay qolmagan. U birgina qo‘shiqlar ijro etmadi, ularning matnini ham o‘zi yozdi qolaversa, sahnadagi pozitiv kayfiyat ulashuvchi raqslari bilan millionlab insonlar qalbini zabt etdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Uning san’atga qadam qo‘yishida ishtirok etgan tanlovlari ahamiyatli bo‘ldi. 1990-yilda yosh Shakira mahalliy iste’dodlar tanlovida teatr jurnalisti Monika Arizo bilan tanishib qolgan va aynan shu tasodifiy uchrashuv uning karyerasidagi muvaffaqiyatga sabab bo‘lgan, ya’ni Sony Music kompaniyasining Kolumbiyadagi bo‘limi bilan shartnoma imzolagan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    1994-yil maktabni bitirgach, o‘zini aktrisa sifatida sinab ko‘radi hamda “El Oasis” melodrama janridagi serialda rol o‘ynaydi. Bosh qahramon ijrosi uchun, Kolumbiyaning TV GUIA jurnali uni “Miss TVK” deb atab, bo‘lajak yulduz uchun suratga tushishni uyushtiradi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Shakiraning repertuaridan o‘rin olgan aksariyat qo‘shiqlar xit darajasiga ko‘tarilib, muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ladi. 1995-yilda Shakira Nuestro Rock plastinkasi uchun maxsus “Donde Estas Corazon” qo‘shig‘ini yozadi. 1996-yilda muxlislarga taqdim etilgan plastinka, uning birinchi rasmiy studiyadagi loyihasi bo‘lgan. Albomning budjeti 100 ming dollarni tashkil qilgan. Dunyoning turli burchaklari xususan, Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Chili, Ekvador, Peru va Venesuelada tez muddatda sotilgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Shakira ijodni boshlagan yillaridayoq xalqaro darajadagi xitlar yaratgan. Musiqiy tanqidchilar kolumbiyalik yosh qo‘shiqchi ijodini ijobiy baholagan. 1997-yilda uning albomi Billboard Latin Music Awards’da 2 yo‘nalishdagi mukofotga loyiq topilgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    1999-yilda Shakira “Eng yaxshi Lotin Amerika rok ijrochisi” sifatida Gremmi mukofoti, MTV Unplugged albomi esa 5 marta 2 yo‘nalishda mukofot bilan taqdirlangan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Xalqaro darajada ham o‘zini sinab ko‘rish maqsadida u ingliz tilida ham qo‘shiqlar yoza boshlagan. Birgina “Whenever, Wherever” singlining o‘zi xit-paradlardan tushmagan. 2001-yilda Laundry Service nomli ingliz tilidagi qo‘shiqlardan iborat albom muxlislarga taqdim etilgan. Tinglovchilar tomonidan iliq qabul qilinganiga qaramay, albomni kinotanqidchilar “­amerikacha” uslubdagi pop-musiqaga ortiqcha taqlid shuningdek, ispancha o‘ziga xoslik yo‘q deb fikr bildirgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2005-yilda chiqqan ispan tilidagi “Fijación Oral, Vol. 1” albomi 4 million nusxada sotilgan. 2007-yilda Beyonse bilan birgalikdagi Beautiful Liar dueti Billboard Hot-100 chatida rekord natija qayd qilgan va “Eng yaxshi birgalikdagi pop-vokal ijro” deb topilgan. 2010-yilda Janubiy Afrikadagi futbol Jahon chempionati uchun kuylagan Waka Waka (This time for Africa) qo‘shig‘i dunyo xit-paradidan anchagacha tushmagan. 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan futbol Jahon chempionatining yopilish marosimida “La la la” qo‘shig‘ini ijro qilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Shakira bolaligida, shahar bog‘larida uysiz, ota-onasiz bolalarni ko‘rib, katta bo‘lsa xayriya ishlarini amalga oshirishga qat’iy qaror qilgan. Bolalikdagi vadasiga muvofiq, 1997-yili Pies Descalzos Foundation deb nomlangan bolalar xayriya fondiga asos solgan. Fond Kolumbiya hududida, bolalarga ta’lim beradigan va oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan 5 ta maktabga asos solgan. 2003-yilda qo‘shiqchining biografiyasida xayrli loyihalar soni yana bir martaga ko‘paydi, Shakira UNICEF’ning xayriya ishlari bo‘yicha rasmiy vakili bo‘ldi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2000-yilda Shakira advokat Antonio de la Rua bilan shaxsiy munosabatda bo‘lgan biroq, 2011-yilda juftlik munosabatlariga nuqta qo‘ygan. 2010-yildagi futbol jahon chempionati uchun Waka Waka klipini suratga olish jarayonida esa qo‘shiqchi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Jerar Pike bilan tanishgan. Juftlik 2013-yilda ota-ona bo‘lgan va ularning farzandi 2015-yilda yana bittaga ko‘paygan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

     

    Mavzuga doir:

    • “Barselona” himoyachisi Pike qo‘shiqchi Shakira bilan Waka Waka klipi suratga olinayotganida tanishgani haqida hikoya qildi
    • Ispaniyada qo‘shiqchi Shakira sudga chaqirtirildi
    • Qo‘shiqchi Shakirani soliqlarni to‘lamaganlikda ayblashdi
    • Shakira va Pikening uyiga o‘g‘ri tushdi

    03.02.2020, 22:12   Izoh (0)   118941
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulla Qurbonov Jahongir Otajonov bilan bo‘lgan janjalning oxiri nima bilan tugaganiga oydinlik kiritdi (video)

    02.02.2020, 16:43

    Xonandalar to‘y xizmatlari uchun dollarda haq olishi mumkin emasmi? “O‘zbekkonsert” rahbari javob berdi

    30.01.2020, 23:13

    Stokgolmdagi galereyadan Salvador Dalining 10 dan ortiq asarlari o‘g‘irlab ketildi

    30.01.2020, 20:24

    Sami Yusufning Toshkentdagi konserti nega qoldirildi? “O‘zbekkonsert” rahbari javob berdi (video)

    29.01.2020, 23:30

    “O‘zbekkonsert” rahbari Filipp Kirkorovning raqqosalari kiyimlariga tashkilot nega munosabat bildirmaganini izohladi

    28.01.2020, 20:49

    Naqadar go‘zal bu Istanbul! “Qashqirlar makoni”da Chaqir rolini ijro qilgan Oktay Kaynarja 55 yoshga to‘ldi

    27.01.2020, 19:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.