“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jerar Pike bilan uning rafiqasi qo‘shiqchi Shakiraning uyiga o‘g‘ri tushdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Foto: “Segodnya”

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘rilar Barselona shahrida kuzatilgan momaqaldiroqdan foydalanib, futbolchining uyiga sezdirmasdan kirib olgan va uydan qimmatbaho buyumlar, soatlar va taqinchoqlarni o‘marib ketgan. Ta’kidlanishicha, hech kimga jarohat yetmagan.

O‘g‘irlik sodir etilgan vaqtda uyda hech kim bo‘lgan. Shakira Yevropa bo‘ylab gastrolda, Pike esa Ispaniya terma jamoasining mashg‘ulotlarida qatnashayotgan bo‘lgan.

Sodir etilgan jinoyat yuzasidan Pikening ota-onasi politsiyaga murojaat qilgan va hozirda tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Futbolchi va qo‘shiqchi 2011-yildan buyon birga yashaydi. Ular birgalikda besh yoshli Milana va uch yoshli Sashani tarbiya qilib kelmoqda.