Toshkent viloyatida shov-shuvli moliyaviy piramidaga asos solgan Ahmadjon Tursunboyev (Ahmadboy)ga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2019-yil 20-maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 14 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida 52 million 96 ming so‘m jarima jazolari tayinlangan.

Ahmadjon Tursunboyev bu yo‘lga qanday kirgani haqidagi haqiqatlarni oshkor etdi.

Bu faoliyatni 2006-yilda boshlaganman. Shu yili qoramol savdosi bilan shug‘ullanganman. Odamlardan olti oy yoki bir yil muddatga olib, mol savdosini amalga oshirganman. Yil davomida faqat o‘zim 100 tadan 300 tagacha xonadondan qoramol olardim. Bir yil ichida daromad qilardim, pulni har bir xonadonga shaxsan borib tarqatardim. U vaqtda naqd kassa qilinmagan. Naqd kassa aylanma tizimiga 2014-yildan o‘tdim. O‘sha vaqtlar pulni bir yil muddatga olardim va 3—4 ming nafar odamdan pul olganman. Qoramolni 5 foiz ustama evaziga qaytarish sharti bilan olardim. 100 million so‘mlik narsani 150 million qilib qaytarish sharti bilan olardim, bundan men ham, odamlar ham foydalanardi.

2016-yil yozida faoliyatim yopilguniga qadar ham o‘z mijozlarimga ega edim. Odamlar soni ko‘payganidan keyin “Ishlamayman”, deganimdan keyin ham ko‘pchilik qo‘ymagan, “Yo‘q, ishlaysan!”, deyishgan. Pullarni olib borib bersak, ularni qaytargan. “Yo‘q, pulimni aylantirib berasan”, deb shart qo‘yishgan. O‘sha vaqtda ortiq ishlamayman, qachongacha foiz to‘lab umrim o‘tadi degandim.

Ahmadjon Tursunboyev (Ahmadboy)