PSJ klubi futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 22-turida 1-fevral, shanba kuni “Monpelye” bilan bahs olib olib bordi.
“Park de Prens”da bo‘lib o‘tgan bahsda parijliklar 17-daqiqadayoq kamchilik qolgan mehmonlarni yirik hisobda taslim etdi. Maydon egalarining gollariga Pablo Sarabiya (8), Anxel di Mariya (41), Kilian Mbappe (57) va Leving Kurzava (65) muallif bo‘ldi. Shuningdek, 44-daqiqada Daniel Kongre o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
PSJ (55 ochko) mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan holda Liga 1 musobaqa jadvalida karvonboshilik qilmoqda.
Liga 1
22-tur bahsi
1-fevral, shanba
PSJ — “Monpelye” 5:0
Gollar: 1:0 — 8 Sarabiya, 2:0 — 41 Di Mariya, 3:0 — 44, avtogol Kongre, 4:0 — 57 Mbappe, 5:0 — 65 Kurzava.PSJ: Navas, Kurzava, Kuassi, Mene, Kimpembe, Di Mariya, Sarabiya (Kavani, 69), Verratti (Paredes, 74), Guye, Neymar, Mbappe (Ikardi, 68).
“Monpelye”: Berto, Oyongo, Kongre, Ilton, Suke, Savanye, Le Tallek, Ferri (Sambiya, 76), Molle (Shotar, 64), Labord (Karvalyu, 19), Delor.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (33), Neymar (38), Molle (39), Shotar (81), Paredes (84), Suke (86).
Chetlatishlar: Berto (17), Shotar (88).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)