Huawei Google servislariga qaytish niyatida emas. Bu haqda kompaniya mintaqaviy menejeri Fred Vanfey ma’lum qildi, deya xabar beradi Der Standart.

Foto: RT

Vanfeyga ko‘ra, AQSh hatto kompaniyadan cheklovlarni olib tashlagan taqdirda ham Huawei smartfonlar uchun servislar tanlashda mustaqil yondashishga harakat qiladi.

Bu yangi siyosiy kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda kompaniya tobe holatda bo‘lib qolmaslik istagi bilan izohlangan.

Der Standart nashriga ko‘ra, mazkur holat Huawei o‘z gadjetlarida Google Play, YouTube, Gmail va Google’ning boshqa servislaridan butkul voz kechishi mumkinligini anglatadi.