Facebook kompaniyasi 29-yanvar kuni choraklik daromadi haqida ma’lumot berdi hamda foydalanuvchilar soni kutilganidan ko‘ra ko‘proq o‘sganini qayd etdi, deb yozadi “Kommersant”.

Foto: Reuters

Kompaniyaning sof daromadi o‘tgan yil bilan solishtirganda 7 foizga oshib, 7,3 milliard dollarni tashkil etdi. Daromad o‘tgan uch oy ichida 25 foizga oshib, 21 milliard dollarga yetdi.

Har oy ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchi kishilar soni 8 foizga ko‘payib, 2,5 milliard nafarga yetdi.

Facebook’ka tegishli barcha dasturlar, xususan Instagram, Messenjer va WhatsApp uchun bu ko‘rsatkich 2,89 milliard kishini tashkil etdi.

“Biz chorakni yaxshi yakunladik, yil yakuni ham kuchli bo‘ldi, chunki tarmog‘imiz va biznesimiz o‘sishda davom etmoqda”, — deydi Mark Sukerberg.

Biroq, Facebook aksiyalari narxi 6% dan ko‘proq tushib ketdi.