Peru poytaxti Limada yoqilg‘i ortgan avtosisterna avariyasi tufayli yuzaga kelgan yong‘in qurbonlari soni 17 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Deyarli bir hafta avval avtosisterna Limaning chekka hududidagi avtomobillarni ta’mirlash shoxobchasi binosiga urilgandi.
To‘qnashuv portlash va yaqin atrofdagi uchta turar joyga tarqalgan kuchli yong‘inga olib kelgan. Jami 20 ta uy zarar ko‘rgani aytilmoqda.
Izoh (0)