AQSh rasmiylari mamlakatning janubi-g‘arbiy qismidagi Meksika bilan chegarada kontrabanda mahsulotlarini olib o‘tishga mo‘ljallangan eng uzun tunnelni topdi. Bu haqda AQShning giyohvand moddalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat qilish ma’muriyatiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Xabar berishlaricha, tunnel Meksikaning Tixuana shahridan AQShning San-Diyego shahriga qadar qazilgan, uning uzunligi 1,3 kilometrga teng, balandligi — 165 santimetr, eni — 70 santimetr.

Tunnelda ventilyatsiya tizimi, vagonchalar uchun yo‘llar, yuqori voltli elektr kabellari va panellari, kirish joyida lift va suv oqova tizimi bo‘lgan.

Qayd etishlaricha, ushbu tunnel topilganidan keyin hali birorta odam hibsga olinganicha yo‘q.