Kaliforniyadagi sud Kaliforniya texnologiya instituti (Caltech)ning Apple va Broadcom’ga nisbatan patentlangan texnologiyalarni noqonuniy ishlatish bilan bog‘liq da’vosini qanoatlantirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Apple texnologiya institutiga 837 million, Broadcom esa 270 million dollar to‘lashi kerak.
Universitetning da’vosi Broadcom tomonidan ishlab chiqarilgan va keyinchalik Apple qurilmalarida ishlatilgan chiplar bilan bog‘liq.
Shu munosabat bilan Apple sudda ushbu jarayonda qonunbuzarliklar bilan bog‘liq bo‘lmagan uchinchi tomon sifatida qatnashishi kerakligini ta’kidladi.
Patentlarni buzish sohasidagi eng katta nizo — Apple va Qualcomm kompaniyalariga aloqador bo‘lib, ushbu nizo ortidan ayrim mamlakatlarda iPhone sotuvi to‘xtatildi.
Natijada ikki tomon murosa qildi hamda Apple 4,5 milliard dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.
Avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 11 va iPhone 11 Pro modellariga talab yuqori bo‘lgani ortidan rekord darajada daromad olgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)