Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev deputatlarni investorlar manfaatlarini himoya qiluvchi qonunlar ishlab chiqishga chaqirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Birorta investor kelmaydi O‘zbekistonga, agar uning manfaatini himoya qiladigan mustahkam qonun bo‘lmasa, bo‘lmaydi bu ishlarimiz. Bugun Prezidentga ishonib kelyapti, bu noto‘g‘ri. Qonunga ishonib kelishi kerak. U Yevropadanmi, Amerikadanmi, Osiyodanmi, kompyuterini ochib, shunday qonun bor ekan O‘zbekistonda, men boraman, investitsiya kiritaman, deyishi kerak.

Kecha televizorda ko‘rgan bo‘lsalaring kerak, investitsiya shunchaga ko‘paydi, eksport shunchaga ko‘paydi, deyapti. Bu oson ish emas. Hech kim aytmayapti, bu qayerdan paydo bo‘lyapti, hali qonunlar yo‘q-ku?! Tasavvur qilinglar, investor ishonadigan, unga zamin bo‘ladigan sud-huquq organlari haqiqatan ham kafolat beradigan investitsiyaga qonun chiqarsalaring, sizlar chaqiriq berishlaring kerak dunyo investorlariga. Parlament himoya qiladi investitsiyalaringni, deb. Men roziman”.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi