Rossiyaning sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedev hukumat iste’fosini oddiy voqea deb atadi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “TASS”

“Bu butun dunyoda, shu jumladan bizning mamlakatimizda ham kuzatiladigan holat. Balki, bu so‘nggi yillarda tez-tez kuzatilmagan holatdir, lekin oddiy voqea”, — deydi Medvedev ushbu holatga bosiqlik bilan munosabatda bo‘lish kerakligini ta’kidlab.

Ma’lumot uchun, Rossiya hukumati 15-yanvar kuni iste’fo berdi. Putin Medvedevga Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini egallashni taklif qildi. Oradan bir kun o‘tib 16-yanvar kuni Mixail Mishustin Federal soliq xizmati rahbari Rossiya bosh vaziri etib tayinlandi.