Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 20-turi doirasida 18-yanvar, shanba kuni navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi mehmonda “Eybar”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Esteban Burgos hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqaga kelib Edu Eksposito Yan Oblak darvozasiga jamoasining ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa “matraschilar” safarda kechgan bahsda “Eybar”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” 35 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Eybar” esa 22 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.
La Liga
20-tur bahslari
“Osasuna”—“Valyadolid” 0:0
“Eybar”—“Atletiko” 2:0
Gollar: 1:0 — 10 Burgos, 2:0 — 90 Eksposito“Eybar”: Dmitrovich, Bigas, Burgos, Xose Anxel, Texero, Alvares, Inui, Eksposito, Leon (Kristoforo, 74), Orelyana (De Blasis, 80), Enrik (Sharles, 87)
“Atletiko”: Oblak, Savich, Aryas, Felipe, Saul, Vitolo (Mues, 87), Errera (Lodi, 73), Korrea, Tomas, Joau Feliks (Kamelyo, 83), Morata
Ogohlantirishlar: Saul (59), Burgos (62), Savich (85)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)