Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 23-tur bahslariga 18-yanvar, shanba kuni start berildi.
Turning dastlabki o‘yinida Joze Mourinyo qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi “Uotford” maydoniga safar qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar darvozasi tomon gol urilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, “shporlar” 31 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. “Uotford” esa 23 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi.
APL
23-tur bahsi
18-yanvar, shanba
“Uotford”—“Tottenhem” 0:0
“Uotford”: Foster, Mariappa, Ketkart, Douson, Mazina, Dukure, Kapu, Chaloba (Pereyra, 79), Sarr (Pussetto, 89), Dini, Deulofeu“Tottenhem”: Gassaniga, Orye, Tanganga, Alderveyreld, Vertongen, Alli (Eriksen, 73), Lo Chelso (Jedson Fernandesh, 80), Lukas Moura, Lamela, Son Hyon Min, Uinks
Ogohlantirishlar: Tanganga (19), Kapu (35), Uinks (60), Dukure (60), Vertongen (69)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)