Taniqli dizayner va xoreograf Narimon Olimjonov (Grigoryan)ni o‘ldirishda ayblanayotgan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi xabar berdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Prokuratura qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) moddasi bilan ayb e’lon qilgan.

“Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi”, — deyiladi prokuratura axborotida.

Avvalroq, 14-yanvar kuni Narimon Grigoryan o‘zi ijarada yashaydigan uyda o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning murdasi uyda uch kun qolib ketgan.