Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yilning so‘nggi choragida pul bozorida foiz stavkalari turli omillar va bozor tendensiyalari ta’siri asosida shakllandi. Ularning o‘zgarish xarakteri yilning oldingi choraklaridan keskin farq qildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xususan, o‘rtacha foiz stavkalari 2019-yil oktabr oyidagi 15,2 foizdan noyabr oyida 16,4 foizga va dekabr oyida 17,5 foizgacha o‘sdi. Shu bilan birga, depozitlarning o‘rtacha muddatlarida o‘sish kuzatildi.

2019-yilning oktabr—dekabr oylarida banklararo depozit operatsiyalari hajmi oldingi choraklar o‘rtacha ko‘rsatkichlariga nisbatan 2 barobardan ko‘proqqa oshdi.

Shu bilan birga, inflyatsion kutilmalarda va inflyatsiyaning prognoz dinamikasida barqaror o‘sish sur’atlarining mavjud emasligiga qaramay, 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan depozit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari 18—20 foizgacha o‘sdi. Bu uzoq muddatli likvid resurslarning yetishmasligi hamda banklarning likvidlik bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlariga erishishga bo‘lgan harakatlari bilan bog‘liq.

Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan obligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi va ichki moliya bozorining to‘yintirib borilishi hamda banklar tomonidan likvidlilik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar inflyatsiyaning prognoz trayektoriyasiga mos keladigan daromadlar egri chizig‘ining shakllanishiga olib keladi.

Kreditlar ajratishning bozor mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tishi orqali bozorda segmentatsiyani pasaytirish choralari ham kreditlar bozorida foiz stavkalari o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga xizmat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi