Sudan armiyasi razvedka xizmatining tezkor xodimlari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan qurolli isyonni bostirdi. Bu haqda Al-Arabiya telekanaliga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Al-Arabiya

Harbiylar boshqarmaning isyonchilar joylashgan barcha shtab-kvartiralarini nazoratga olgan. Otishmalar oqibatida bir nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, yana yetti nafari jarohat olgan.

Sudan axborot vaziri Feysal Muhammad Salohning aytishicha, maxsus xizmat rahbariyati razvedkaning ishini qayta tashkil etmoqchi bo‘lgan. Sobiq xodimlar esa ishdan bo‘shatilganidan keyin taklif etilgan shartlardan norozi bo‘lib, isyon ko‘targan.

Sudan bosh prokurori isyonda ishtirok etganlarga nisbatan sud o‘tkazilishini talab qildi.