Nukus shahri markazida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat bayroqlari o‘rnatilgan maydon oldida “Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Festivalda o‘quvchi va talabalar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Shavkat Eshchanov festivalni ochar ekan, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan izchil islohotlar sabab milliy armiya yoshlar uchun chinakam mardlik, matonat va jasorat maktabiga aylanganini ta’kidladi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Harbiy texnika va qurol-aslaha namunalarining namoyishi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr va taniqli estrada xonandalarining kuy va qo‘shiqlari yig‘ilganlarga bayram shukuhini ulashdi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Dala oshxonasi majmuasida tayyorlangan harbiycha tushlik ishtirokchilarning tahsiniga sazovor bo‘ldi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati