Tailand mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo chempionatining A guruhi vakillari 14-yanvar, seshanba kuni 3-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.

Foto: OFK

Guruh peshqadami Avstraliya autsayder Bahraynga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 34-daqiqasida Rami Najjarine avstraliyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Muhammad Jassim Ma’run muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Parallel kechgan o‘yinda musobaqa mezbonlari ikkinchi yo‘llanma uchun Iroqqa qarshi o‘ynadi. 6-daqiqada Yaroensak Vongorn penaltidan unumli foydalangan holda Tailandning birinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida iroqliklar bunga Muhammad Qosimning aniq zarbasi bilan javob qaytardi. Bu durang sharqiy Osiyo vakillariga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi.

Shu tariqa Avstraliya 5 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallagan holda chorak finalga yo‘l oldi. Ikkinchi o‘rin esa 4 ochko to‘plagan Tailandga nasib etdi. Iroq (3) va Bahrayn (2) esa guruhda qolib ketdi.

U23 OCh—2020

3-tur bahslari

14-yanvar, seshanba

A guruhi

Avstraliya — Bahrayn 1:1

Gollar: 1:0 — 34 Rami Najjarine, 1:1 — 45+3 Muhammad Jassim Ma’run

Tailand — Iroq 1:1

Gollar: 1:0 — 6, penalti Yaroensak Vongorn, 1:1 — 49 Qosim

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!