Tailand mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo chempionatining D guruhi vakillari 13-yanvar, dushanba kuni 2-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.

Foto: OFK

Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya terma jamoasi KXDR bilan bahs yuritdi. Xalifa al-Hammadi va Zoyid al-Amirining gollari arablarga g‘alaba keltirdi. Shimoliy koreyaliklar esa pley-off bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Ikkinchi uchrashuvda Iordaniya va Vyetnam olimpiyachilari nursiz duranga imzo chekdi. Bu bilan sharqiy Osiyo vakillari so‘nggi tur oldidan guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

Shu tariqa guruhda BAA va Iordaniya 4 ochkodan jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda. Vyetnamda 2 ochko mavjud, KXDR esa birorta ochko to‘play olmadi.

U23 OCh—2020

2-tur bahslari

13-yanvar, dushanba

D guruhi

BAA — KXDR 2:0

Gollar: 1:0 — 17 Xalifa al-Hammadi, 2:0 — 30 Zoyid al-Amiri

Iordaniya 0:0 Vyetnam

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!