O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shormurodov “Rostov”ni tark etishni istamayapti.

Foto: Yandex Photos

“Biznes Online”ning xabar qilishicha, hujumchi mavsum oxirigacha “Rostov”da qolib, jamoasiga Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam bermoqchi.

Futbolchi Rossiya chempionatining joriy mavsumida eng yaxshi to‘purar bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Mavsum yakunlangach Eldor Yevropa maydonlariga ketmoqchi. Bunga faqat o‘zbekistonlik futbolchining yuqori transfer narxi to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayni damda rostovliklarda Shomurodov tranferi borasida aniq taklif yo‘q.

Avvalroq futbolchiga “Shalke-04” va “Lion”dan qiziqish borligi xabar qilingandi.

Shomurodov Rossiya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 19 o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urishga erishdi va to‘purarlar poygasida “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyubadan (11 ta gol) keyingi o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!