Chelyabinsk viloyatining Poletayevo posyolkasida yashovchi, mansabdorlar ustidan uch nafar qarindosh qizga vasiylikdan asossiz chetlatgani haqida shikoyat qilgan Natalya Galeyevaning uyi yonib ketdi. Bu haqda Davlat dumasi deputati Sergey Shargunov ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Shargunovning aytishicha, uy yoqib yuborilgan, yong‘inda ayolning eri 47 yashar Viktor Ivanov halok bo‘lgan. Oldinroq deputat yangi uy-joy berib o‘tirmaslik uchun bolalar olib qo‘yilgan deb hisoblayotgan ayol haqidagi maqolasini e’lon qilgandi.

“Shu kunlarda unga mansabdorlar oilasini parokanda qilgani haqida ochiq aytib bergani uchun tahdid qilinayotgandi. Uy butkul yonib bitdi. Qo‘shnilarning aytishicha, alangalanish tashqaridan boshlangan”, — deya yozuv qoldirgan Shargunov Facebook’dagi sahifasida.

Deputatning aniqlik kiritishicha, 10-yanvar kuni Galeyeva qizlar risoladagidek sharoitlarda yashab kelgani borasida ishonch hosil qilishlari uchun uyni jurnalistlarga ko‘rsatishi kerak edi. Yong‘in payti u sanitar xodim bo‘lib ishlaydigan kasalxonada navbatchilik qilayotgan bo‘lgan.