Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik fuqaroni o‘ldirish va o‘z vatandoshiga og‘ir tan jarohatlari yetkazishda gumonlanib, Turkmanistonning ikki fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda Turkiyaning Demiro‘ren axborot agentligi xabar berdi.

Foto: DHA

Foto: DHA

Istanbulning Esenyurt tumanida mahalliy aholi vakillari 1-yanvar kuni soat 22:00 lar atrofida tomog‘idan pichoq bilan jarohatlangan yigitni payqagan va tibbiyot xodimlarga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari 23 yoshli turkmanistonlik Arslon ismli shaxsni Sadi Konuk Bakirkoy o‘quv-ilmiy klinikasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizgan. Yigit uch kundan keyin hushiga kelgan.

Turkmaniston fuqarosi Arslon Esenyurt tumanidagi Talatpasha hududida joylashgan uylardan birida pichoqlangani, bu u va yana 5 nafar tanishi o‘rtasida kelib chiqqan janjal tufayli sodir bo‘lganini aytib bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra o‘sha janjalda 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Olimboyga pichoq bilan jarohat yetkazilgan, u voqea joyida olgan jarohatlaridan vafot etgan, Arslon esa qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: DHA

Foto: DHA

“3-yanvar kuni turk politsiyasi Istanbulning Beylikdo‘z tumanidagi daryo bo‘yida o‘zbekistonlik Olimboyning murdasini topdi. Tergovchilar u qornidan pichoqlangani tufayli vafot etganini aniqladi”, — deyiladi xabarda.

Buning ortidan turk politsiyasi Turkmanistonning ikki fuqarosi — 44 yoshli Bartalav va Roza ismli er-xotinni hamda 35 yoshli Jamol ismli O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Qamoqqa olingandan so‘ng gumonlanuvchilar Olimboyning o‘limi va Arslonga yetkazilgan tan jarohatlarga aloqador ekanliklarini tan oldi.

Foto: DHA

Foto: DHA

Foto: DHA

Foto: DHA

“Gumonlanuvchilar voqea sodir bo‘lgan kuni Bartalav Olimboyga pichoq bilan hujum qilganini tasdiqladi, uning rafiqasi va tanishi esa unga yordam bergan. Shuningdek, ular Olimboyning jasadini chiqindi bochkasiga solib, jinoyat sodir bo‘lgan joydan 200 metr narida joylashgan kanalga tashlab yuborganliklarini ham tan oldi. Taxminlarga ko‘ra murda suv oqimi bilan Beylikduzun tumaniga olib ketilgan”, — deyiladi xabarda.

8-yanvar kuni ushbu holat yuzasidan sud ishi bo‘lib o‘tgan. Sud gumonlanuvchilarni hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Suriyada ISHID yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Dunyo
AQSH Eron yadro dasturini harbiy yo‘l bilan to‘xtatishga tayyorligini bildirdi
Dunyo
“Oyiga 2,5 ming kishigacha”. AQSH Ukraina harbiylarini o‘qitish dasturini kengaytirmoqchi