Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilsih davlat qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya qo‘mitaning Toshkent viloyati boshqarmasi va inspeksiyaning Bekobod shahar hududiy inspeksiyasi fuqaro murojaatiga asosan Bekobod davlat o‘rmon xo‘jaligining “Shirinsoy” o‘rmon bo‘limida o‘rganish va tekshirishlar o‘tkazgan. O‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan qoidabuzilishlar haqida “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar berdi.
Aniqlanishicha, “Shirinsoy” o‘rmon bo‘limida jami 162 tup manzarali daraxtlar kesib tashlangan va ushbu harakatlar orqali “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi” qonunning 32, 37-moddalari va “O‘rmon to‘g‘risidagi” qonunning 32-moddasi talablariga zid ravishda Bekobod davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori S.E. tomonidan o‘simlik dunyosiga 1 252 791 700 (bir milliard ikki yuz ellik ikki million yetti yuz to‘qson bir meng yetti yuz) so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Mavzuga doir:
- “Muammo — mutasaddilarda”. Sirdaryo hokimi G‘ofurjon Mirzayev daraxt kesishga ruxsat beruvchi kadrlar masalasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
- Senat: Oxirgi uch yilda daraxtlarni kesish qariyb 60 foizga ortgan. O‘rmon xo‘jaligi organlarining mansabdorlari ham daraxtni noqonuniy kesmoqda
- Toshkentda Ekologiya qo‘mitasi kesishga ruxsat bermagan chirigan daraxt Gentra ustiga quladi (foto, video)
Aybdorlarga qonuniy jazo chorasi ko‘rish maqsadida to‘plangan ma’lumotlar va hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Izoh (0)