Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning “Chinese academy of Cultural heritage” tashkiloti tomonidan ajratilgan 9,5 million dollar investitsiya mablag‘lari hisobiga Xiva shahar “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida joylashgan “Amir To‘ra” madrasasi, “Hasan Murod qushbegi” masjidi va “Zargarlar” ko‘chasining 500 metr ichkari yo‘lagida rekonstruksiya va qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu haqda Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

“Amir To‘ra” madrasasi “Ichan-qal’a” majmuasining shimoliy qismida, aholi istiqomat qiladigan hududda joylashgan. Ushbu madrasa 1870-yil Amir To‘raning akasi Muhammad Rahimxon II (1863—1910) tomonidan qurilgan. Madrasaning asosiy old qismi sakkiz qirrali tokcha hamda ikki qavatli qanot arkli baland portal ko‘rinishida bo‘lib, old qismining qolgan baland devorlari ham ikki qavatlilik ko‘rinishini ifoda etadi.

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

“Hasan Murod qushbegi” masjidi XVIII asr oxiri XIX boshlarida Bog‘cha darvoza yaqinida qurilgan. Mazkur masjid aka-ukalar Xasan Murod qushbegi bilan birgalikda Niyoz otaliq tomonidan mahalla ichida bunyod qilingan. Masjidda bir ustunli yozgi ayvon va gumbaz bilan bostirilgan qishki masjid bor. Eshiklari islomiy naqshlar bilan bezatilgan.

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)