Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “O‘zqurilishmateriallari”, “O‘zkimyosanoat” kabi yirik korxona va tashkilotlar budjet ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Endilikda ulardan tushumlar yaqinda tuzilgan Yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash inspeksiyasi tomonidan mustaqil yig‘iladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ilg‘or xorijiy tajriba hamda sinalgan amaliyot asosida mamlakatda milliy soliq tizimi yaratildi. Soliqlar soni va stavkalari optimallashtirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. Buning natijasida o‘tgan yili tadbirkorlar ixtiyorida jami 2 trillion so‘m mablag‘ qoldi.

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga o‘z komplekslari tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini har oyda muhokama qilib borish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Budjetga tushumlarni oshirishda yana bir muhim yo‘nalish — davlat aktivlari. O‘tgan yili davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan budjetga jami 1,6 trillion so‘m dividend to‘langan, xolos.

Shu bois mutasaddilarga davlat mulki obyektlarini, jumladan, yog‘-moy va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish, yirik soliq to‘lovchi subyektlar bo‘yicha dividend to‘lash miqdori va davriyligini belgilash vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish uchun viloyat hokimlarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari moliya, soliq, bojxona, bank va iqtisodiy kompleks tarkibidagi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish va budjet daromadlarini oshirish bo‘yicha doimiy ishlashi zarurligi qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirdi