Bugun, 8-yanvar kuni “Ukraina xalqaro avialiniyalari” (MAU)ning Boeing 737 samolyoti Tehrondagi Imom Xumayniy aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay quladi. Hodisa oqibatida samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘ldi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining Tehrondagi O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, “Ukraina xalqaro avialiniyalari” Boeing-737 samolyotining Eronda aviahalokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Shavkat Mirziyoyev Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ukraina va Eron prezidentlariga hamdardlik maktublari yo‘lladi.
Mavzuga doir:
- Eronda Ukrainaning Boeing samolyoti quladi. Uning bortida 180 kishi bo‘lgan
- OAV: Eronda qulagan Ukraina samolyotining barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgan
- Video: Eronda Ukraina samolyoti qulaganidan keyingi ilk daqiqalardagi holat
- Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Eron prezidentlariga hamdardlik maktublari yo‘lladi
Izoh (0)