Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining (“O‘zstandart” agentligi) qarori bilan yangi davlat standarti O‘z DSt EN 13809:2019(EN 13809:2003, IDT) “Turizm xizmatlari. Turoperatorlar va turagentlar. Atamashunoslik” qabul qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar bergan.

Foto: Daryo

Foto: Daryo

Standart O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK tomonidan ishlab chiqilgan.

Ushbu standart matni EN 13809:2003 “Tourismservices – Travel agencies and tour operators– Terminology” xalqaro standart matniga aynan o‘xshash. Ushbu standartda turizm biznesida keng qo‘llaniladigan bir qator atamalarning ta’riflari mavjud va u turizm xizmatlaridan foydalanuvchilar va provayderlar o‘rtasidagi o‘zaro hamfikrlikni osonlashtirishga undaydi. Turizm xizmatlarini ongli ravishda tanlash sayyohlar kutgan turistik xizmat sifatidan qoniqish ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga, turizm biznesi sohadan yaxshi xabardor bo‘lgan iste’molchilar borligidan ham foyda ko‘radi.Standart shuningdek, turizm va sayohat bo‘yicha boshqa standartlarni ishlab chiquvchilar va qonun chiqaruvchilar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun ilova o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi atamalar lug‘ati hisoblanadi. Standart 2020-yilning 1-aprelidan kuchga kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi