Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronda qulagan Ukraina layneri bortida bo‘lgan odamlarning bari halok bo‘lgan. Bu haqda Eron televideniyesiga asoslanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

OAVda paydo bo‘lgan ilk ma’lumotlarda samolyot bortida 180 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgani aytilgan edi. Keyinroq aeroport vakili “RIA Novosti” agentligiga samolyotda 167 nafar yo‘lovchi bo‘lganini ma’lum qildi.

Flightradar24 servisi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot joylashuvi haqidagi so‘nggi ma’lumot u Tehron yaqinidagi Parand shahri ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda olingan. MAU saytida Tehrondan Kiyevga uchgan PS752 reysi mahalliy vaqt bilan 5:15 da (Toshkent vaqti bilan 6:45 da) uchib ketgani ko‘rsatilgan.

“RIA Novosti” Eronning Tasnim agentligiga asoslanib xabar berishicha, samolyot “texnik muammolar” sabab qulagan. Aviahalokat haqidagi ma’lumotni Tehron aeroporti rahbari tasdiqlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi