Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2-yanvar, payshanba kuni Avstraliya poytaxti Kanberrada havoning ifloslanish darajasi o‘rmon yong‘inlari tufayli me’yordan 26 baravarga oshib ketdi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Foto: The Atlantic

Foto: The Atlantic

Avstraliya janubi-sharqida bir necha oydan beri o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Olov o‘tgan davr mobaynida kamida 4 million gektar o‘rmonni kulga aylantirdi, 17 kishi halok bo‘ldi, kamida 1,4 mingta uy yonib ketgan. 4,9 million gektar maydon yerlarning yonib ketgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, 3-yanvar, juma kuni tongida Kanberra havosidagi ifloslanish darajasi pasaygan, biroq shunda ham belgilangan me’yordan ortiqligini ko‘rsatmoqda.

Yaqin uch oy ichida mamlakatda issiq ob-havo kuzatilishi prognoz qilingan, bu esa yong‘inlar davom etishidan dalolat beradi. Odamlar yong‘indan qochib, sohil bo‘yiga chiqib, evakuatsiya xizmatini kutmoqda.

Yong‘inlar oqibatida kamida 8 mingta koala nobud bo‘lgan. Ayrim tumanlarda olovli tornado kuzatilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi