AQSh davlat departamenti mamlakat fuqarolarini “mintaqadagi tarang vaziyat tufayli” Iroqni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mazkur bayonotda AQShning Bag‘doddagi elchixonasi 31-dekabr kuni “Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli guruhlar hujumiga duchor bo‘lgani” eslatib o‘tilgan.
Davlat departamentining Iroqni tark etish haqidagi tavsiyasi Bag‘dodda AQSh harbiy havo kuchlari aviazarbasi natijasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan bir necha soat o‘tib e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 31-dekabr kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Bag‘doddagi Amerika elchixonasi oldida bo‘layotgan voqealar sababli yanvar oyi boshida Ukraina, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Kiprga rejalashtirgan safarlarini qoldirishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgandi.
Izoh (0)