Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unda oraliq avtobus bekatlarining namunaviy dizaynini quyidagicha belgilash taklif etilgan:
Hujjatga bekatlar joylashtiriladigan yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muddatli foydalanish huquqi asosida (vaqtinchalik) ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham ilova qilingan.
Unga ko‘ra, bekatlarni ijaraga olishni istovchi jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- aholi uchun bepul internet tarmog‘i (Wi-Fi);
- avtobuslar qatnov jadvali va kelish vaqtini ko‘rsatuvchi elektron tablo;
- kuzatuv kamerasi (ma’lumotlarni saqlash xotirasiga ega bo‘lgan);
- milliy hunarmandchilik yoki zamonaviy dizayndagi o‘rindiqlar;
- chiqindi tashlash qutilari;
- mobil qurilmalar quvvatlash manbayi;
- imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus pandus.
Izoh (0)