So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Reklama

    Jizzax Organic agrosanoat klasterining buguni va ertasi

    12.12.2019, 16:30 24687

    Mamlakat qishloq xo‘jalik tarmog‘ida chorvachilikning ahamiyati va o‘rni beqiyosdir. Birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga mustahkam ozuqa bazasini yaratish va naslli qoramolchilikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tiborni kuchaytirish lozim. Ushbu sohani rivojlantirish uchun ilg‘or xalqaro tajribani o‘zlashtirish zarur. Moliya, iqtisodiyot va sanoat vazirliklariga aytilgan yo‘nalishda xarajatlarning ma’lum bir qismini subsidiyalashtirish bo‘yicha mexanizmlarni ishlab chiqish bilan yaqindan shug‘ullanishlari kerak.

    Bularning hammasi haqida shu yilning 16-oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligi ostida chorvachilik va bog‘dorchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda mufassal gapirilgan edi. Qoramolchilikni rivojlantirish va go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini oshirish ishida Jizzax viloyatida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ish amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019-yilda Jizzax Organic go‘sht-sut yo‘nalishidagi zamonaviy agrosanoat klasterining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yirik investitsiyaviy loyihaning ro‘yobga chiqarilishi boshlandi.

    Jizzax Organic — yirik agrosanoat majmuasi

    “Chilonzor” mahallasi yaqinidagi shundoqqina Dashtobod shahridan chiqaverishda – cho‘l markazida ulkan qurilish maydonchasini ko‘rishingiz mumkin. 57 gektar hududda Enter Engineering Pte.LTD Singapur kompaniyasining kuchi bilan 6000 bosh yirik qoramolga mo‘ljallangan Jizzax rganik ulkan chorvachilik majmuasi qad ko‘tarmoqda.“Ushbu majmua qurilishi qat’iy reja grafigi asosida amalga oshirilmoqda. Obyektning loyihaviy bahosi 34 million AQSh dollarini tashkil etadi. Shu yilning may oyidan boshlab hozirgacha 9 million 860 ming AQSh dollari o‘zlashtirildi yoki boshqacha aytganda, qurilish-montaj ishlari 29 foizga bajarildi. Bugungi kunda obyektda 340 nafar ishchi va muhandislik-texnik xodimlar mehnat qilmoqda, 59 dona maxsus texnika jalb qilingan”, – deydi Enter Engineering Pte.LTD kompaniyasi vakili, ushbu loyiha rahbari Muhiddin Abdullayev.

    Jizzax Organic’ning birinchi navbatini topshirish 2020-yilning iyun oyiga rejalashtirilgan. Shunday qilib, hozirgi vaqtgacha ozuqalarni saqlash uchun 4 ta omborxona, senajni taxlash uchun 10 ta maydoncha va chorvachilik podasi uchun ozuqa birliklarini ishlab chiqarish bo‘yicha sex qurib bo‘lindi. Hozirgi paytda har biri 500 ta boshga mo‘ljallangan 4 ta chorvachilik korpuslarini qurish yuqori sur’atlarda davom ettirilmoqda.Qat’iy grafikka asosan barcha belgilangan ishlarni amalga oshirish va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ushbu muhim obyektning qurilish sifati va sur’atlariga ijobiy tarzda ta’sir o‘tkazmoqda. Misol uchun, bevosita qurilayotgan obyektning hududida bunyod etilgan beton uzeli to‘liq quvvatda ishlamoqda. Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu uzel tufayli nafaqat qurilish uchun betonni uzluksiz yetkazib berish, balki temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarish ham amalga oshirilmoqda, bu yonilg‘i-moylash materiallari, ishchi kuchini tejash va moliyaviy mablag‘larni tejashga xizmat qilmoqda.

    Shu yerning o‘zidagi majmua hududida chorvadorlar uchun shaharcha barpo etilmoqda. Ko‘p qavatli obyektlar nafaqat zamonaviy jihozlangan zamonaviy xonadonlar, balki ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish punktlariga ham ega bo‘ladi. Qisqasi, yaqin kelajakda cho‘lning o‘rtasida nafaqat ulkan chorvachilik majmuasi, balki mehnat jamoasi a’zolari uchun qulay shaharcha ham paydo bo‘ladi.

    100 million dollarlik investitsiyaviy loyiha

    Jizzax Organic istiqbolda respublikadagi eng yirik chorvachilik agroprosanoat klasterlaridan biriga aylanadi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.07.2019 / 619-son “Jizzax viloyatida go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish yo‘nalishidagi agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha ostiga Zomin va Zarbdor tumanlari hududidagi 10 ming 775 gektar yer maydoni ajratilgan, ulardan 8 ming 964 gektari – sug‘oriladigan maydonlardir.

    Agrosanoat majmuasining yillik quvvati 2,5 ming tonna go‘shtni tashkil etadi. Eng yaqin vaqt ichida majmuada boqilayotgan elita klassidagi naslli yirik qoramol boshi 6 mingtaga yetadi. Loyihaning umumiy bahosi 100 mln AQSh dollariga baholanmoqda.Jizzax Organic agrosanoat klasterini yaratish nafaqat ishlab chiqariluvchi sut va go‘shtning hajmlarini sezilarli oshishiga xizmat qiladi, balki respublikada elita klassidagi yirik qoramollar sonini oshirish imkonini beradi. Ushbu loyihani ro‘yobga chiqarishning asosiy ustunligi – yuqorida aytilgan Jizzax Organic ASMda ishlab chiqarish hajmlarini rejali ravishda oshirish, bu yerda go‘sht yo‘nalishidagi yirik qora molning mutlaqo yangi nasllari (Aberdin-angus, Wagyu va Gereford) yetishtiriladi, bu, shak-shubhasiz, xorijga sut-go‘sht mahsulotlari eksportini yanada oshirishga xizmat qiladi.

    “Bizning bosh maqsadimiz – majmuani to‘liq sikldagi zamonaviy integratsiyalashtirilgan ishlab chiqarish majmuasiga aylantirish, — deydi Jizzax Organic MChJ xorijiy korxonasi bosh direktori Hikmatilla Karimov. — Bizning korxonamizda ushbu yo‘nalishdagi eng ilg‘or texnologiyalar va ilmiy salohiyat jamlanadi, bu go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini oshirishga xizmat qiladi. Joriy yilda biz zarur miqdorlarda sifatli ozuqalarning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ydik. Bizning navbatdagi vazifamiz – loyihada ko‘zda tutilayotgan mahsulot hajmlariga erishishdir. Yana bir muhim yo‘nalish – majmua huzurida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan seleksiyaviy-genetik markaz (SGM)ni yaratishdir. Barcha ushbu yo‘nalishlarda hozirda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ish amalga oshirilmoqda. 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qishloq hududida yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida urg‘u beriladi, davom etdi u. Barcha ish hozirda ushbu muhim hujjat talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Agar ilk pallada Jizzax Organic’da 300 ta yangi ish joylari yaratiladigan bo‘lsa, yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkich 1 mingtagacha ishchi va xizmatchilarga yetkaziladi”.

    P.S. Shuni quvonch bilan ta’kidlash mumkinki, noyabr oyining oxirida Jizzax Organic korxonasida Aberdin Angus elita klassiga mansub naslli buzoqlar tug‘ildi.

    Kompaniya sayti: https://jizzax.org/

    E-mail: i.yadgarov@jizzax.org

    Telegram: https://t.me/jizzax-organic

    Reklama huquqi asosida.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlashda harbiy prokurorlarning nazorati kuchaytiriladi

    Bugun, 14:23

    Xitoy hukumati dezinformatsiya va senzuraga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 13:42

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    O‘qituvchilarning 15 foizi “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz to‘plashga jalb qilingan — “Yuksalish”

    Bugun, 12:25

    Toshkentning qator tumanlari hududida oktabr boshida issiq suv ta’minoti bir necha kunga o‘chiriladi

    Bugun, 12:10

    Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi

    Bugun, 11:52

    Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir ortidan ko‘chalarni suv bosdi. Shaharda favqulodda rejim e’lon qilindi (video)

    Bugun, 11:40

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    11:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.