13-dekabr kuni soat 14:00 da poytaxtimizda muhim voqea – HP Store brendi do‘konining ochilishi kutilmoqda.
Dunyo yetakchisining sifatli mahsulotlariga ega bo‘lish yanada osonroq bo‘lmoqda. Foydalanuvchilar ilg‘or texnologiyalar va kompaniyaning xalqaro tajribasidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu brendning O‘zbekistondagi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi bunday formatdagi birinchi rasmiy do‘konidir.
Interfaol konsepsiya tufayli HP Store eksklyuziv namoyish maydonchasiga aylanadi, u yerda texnikalarning so‘nggi modellari bilan tanishish, turli modellarni taqqoslash va ularni sinab ko‘rish mumkin.
Professional kibersportchilar va kompyuter o‘yinlari ishqibozlari kompaniyaning o‘yin mahsulotlari: noutbuklar, monitorlar, ish stoli kompyuterlari, shuningdek, o‘yin jihozlari bilan birgalikda HP kompaniyasining OMEN subbrendining demo-zonasini munosib baholashmoqda.
OMEN – BLAST Pro Series musobaqalari seriyasining rasmiy hamkori bo‘lib, u yerda aksariyat ishtirokchilar aynan shu kibersport uskunalarini afzal ko‘rishadi. HP geymerlarning barcha xilma-xil talablariga javob berib, kompyuter o‘yinlarida yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Do‘konda HP mahsulotlari uchun keng assortimentdagi sarflov materiallari taqdim etiladi. Konsultantlar xaridorning barcha talablarini inobatga olgan holda kompaniyaning tovarlari qatoridan eng yangi mahsulot va yechimlarni tanlash va sotib olishga yordam beradi.
HP Store’da texnikalar sotib olish bilan birga siz yuqori narxli uskunalarni sotib olishda muhim omil bo‘lgan, bir kundan ortiq amal qiladigan haqiqiylik va sifat kafolatini olasiz.
13-dekabr kuni barcha mijozlar yoqimli bonusga – do‘kon ochilishi sharafiga 50%* gacha chegirmalarga ega bo‘ladilar! Bundan tashqari, HP kompaniyasining qimmatbaho sovrinlari va sovg‘alari o‘ynaladi.
Sizni quyidagi manzilda kutamiz: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Niyozbek ko‘chasi, 6-yo‘lak, 16-uy. Mo‘ljal: Hamid Olimjon maydonining orqa tomoni.
Telefon: + (998)71-200-8595
Ish vaqti: har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha.
Instagram: https://www.instagram.com/hpstore.uz/
* Texnika yoki sarflov materiallarini sotib olib, har bir xaridor bitta tovar uchun 50% gacha chegirmaga ega bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida.