Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik Joshua Mendes Massachusetsdagi Keyp-Kod plyaji bo‘ylab sayr qilib yurganida 36 yil avval jo‘natilgan shisha ichidagi maktubni topib oldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Joshua sohilda butunlay qum ichiga ko‘milib qolgan shisha idishni tasodifan ko‘rib qoldi.

U shisha ichidan 11 yoshli Jenni Braun ismli qizchaning xatini topib oldi. Xat 1983-yil 14-may kuni Jonspor shahridan yuborilgan. Qizcha unga maktub yozishlarini so‘ragan hamda manzilini ilova qilgan.

Mendes o‘zining 73 yoshli otasi Pol bilan Jennini izlab topishga qaror qildi hamda ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda e’lon qoldirdi.

Ushbu postga Keti Mari Braun ismli foydalanuvchi izoh qoldirib, Jenni Braun uning opasi ekanligi hamda u hozirgacha Jonspor shahrida yashashini yozdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Erdo‘g‘onning hokimiyatda qolishi Markaziy Osiyo davlatlariga qanday taʼsir qiladi? Ekspertlar fikri
Mahalliy
“Adolat” partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini tasdiqladi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi