Joriy yilning 22-noyabr kunidan 1-dekabrgacha O‘zneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgazta’minot” AJ xodimlari va “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan respublikada joylashgan 72 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zneftgazinspeksiya “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Xalq so‘zi”

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 16 ta korxona tomonidan gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi natijasida gaz ta’minoti korxonalariga jami 30,4 milliard so‘m zarar keltirilganligi aniqlandi.

Xususan, quyidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida gaz hisoblash uskunasining ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskunalar tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatgan:

Yangiyol tumani

  • “Yuksak samara metan gaz” MChJ — 1,2 milliard so‘mlik 1 267,2 ming metr kub gaz;
  • “Ravnaq gaz metan servis” MChJ — 979,2 million so‘mlik 979,2 ming metr kub gaz;
  • “Hamkor gaz servis” MChJ — 1,08 milliard so‘mlik 1 008 ming metr kub

Bekobod shahri

  • “Pegas petrolium gaz” MChJ — 1,4 milliard so‘mlik 1 478,4 ming metr kub

Angren shahri

  • “Yangiyo‘l metan gaz” MChJ — 3,5 milliard so‘mlik 3564 ming metr kub

Ohangaron tumani

  • “Optima gaz servis” MChJ — 1,08 milliard so‘mlik 1008 ming metr kub

Yuqori chirchiq tumani

  • “Oqqo‘rg‘on eko gaz” MChJ — 604,8 million so‘mlik 604,8 ming metr kub

O‘rtachirchiq tumani

  • “To‘ytepa voha gaz” MChJ — 756 million so‘mlik 756 ming metr kub

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani

  • “Ziyo nur metan” MChJ — 11,8 milliard so‘mlik 11,8 million metr kub.

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha korxonalarda aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.