Xitoy chempionatining 2019-yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. 1-dekabr, yakshanba kuni so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

30-turda “Guanchjou Evergrand” klubi “Shanxay Shenxua”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va 72 ochko to‘plagan holda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Uni ta’qib qilib kelayotgan “Beyjing Guan” g‘alaba qozonganiga qaramay, ikki ochko ortda qolib ketdi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi 66 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.

Shu tariqa “Guanchjou Evergrand” so‘nggi to‘qqiz yil ichida sakkizinchi marta Xitoy chempionligini qo‘lga kiritdi. 2011—2017-yillar mobaynida Superliga g‘olibligini hech qaysi jamoaga bermagan guanchjouliklar 2018-yilda chempionlikni “Shanxay SIPG”ga topshirib qo‘ygandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!