Germaniya Bundesligasi 13-turidan o‘rin olgan 30-noyabr, shanba kungi uchrashuvlar yakunlandi.

Foto: Bundesliga

Dortmundning “Borussiya” jamoasi Berlinda “Herta”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Jeydon Sancho dortmundliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan ikki daqiqada o‘tib, Torgan Azar mehmonlarning ikkinchi goliga muallif bo‘ldi. 34-daqiqada Vladimir Darida hisobni qisqartishga erishdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida “Borussiya” vakillari kamchilik qoldi, Mats Xummels ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi. Biroq ikkinchi bo‘limda “arilar” hisobdagi ustunlikni saqlab qola oldi.

“Bavariya” esa o‘z maydonida “Bayer”ni qabul qildi. 10-daqiqada Leon Beyli leverkuzenliklarni oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Tomas Myuller hisobni tenglashtirishga erishdi. Biroq oradan bir daqiqa o‘tib Beyli mehmonlarning ikkinchi golini urdi. 81-daqiqada “Bayer” himoyachisi Jonatan Ta qizil kartochka olib maydonni tark etdi, biroq sondagi ustunlikdan myunxenliklar unumli foydalana olmadi.

Shu tariqa “Paderborn”ni mag‘lubiyatga uchratgan “Leypsig” klubi musobaqa peshqadamiga aylanib oldi. “Bavariya” (24 ochko) va  “Borussiya D” (23) jamoalari esa mos ravishda 4 hamda 5-pog‘onada bormoqda.

Bundesliga

13-tur bahslari

30-noyabr, shanba

“Paderborn” — “Leypsig” 2:3

Gollar: 0:1 – 3 Shik, 0:2 – 4 Zabitser, 0:3 – 26 Verner, 1:3 – 62 Mamba, 2:3 – 73 Gyasula.

“Kyoln” — “Augsburg” 1:1

Gollar: 0:1 – 43 Niderlexner, 1:1 – 86 Kordoba.

“Herta” — “Borussiya D” 1:2

Gollar: 0:1 – 15 Sancho, 0:2 – 17 Azar, 1:2 – 34 Darida.

“Hoffenhaym” — “Fortuna” 1:1

Gollar: 1:0 – 6 Kramarich, 1:1 – 87 Xennings.

“Bavariya” — “Bayer” 1:2

Gollar: 0:1 – 10 Beyli, 1:1 – 34 Myuller, 1:2 – 35 Beyli.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!