Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent viloyatinig O‘rta Chirchiq tumanida qurilish korxonasi tomonidan maktabni ta’mirlash uchun ajratilgan budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi 42-sonli maktabda kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan “X” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida 241 million 900 ming so‘mlik ta’mirlash ishlarini amalda bajarmasdan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “X” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi